Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni oshirish hamda tannarxni pasaytirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mamlakatda kimyo sanoatini rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha aniq strategiya qabul qilingan. 2030-yilgacha tarmoq hajmini ikki barobar oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni 1,5 barobarga ko‘paytirish va eksportni $1 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda tarmoqda qiymati $1 mlrdlik 21 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda, kelgusi uch yil uchun esa yana $4,5 mlrdlik tashabbuslar rejalashtirilgan.
Taqdimotda ba’zi yirik korxonalardagi ishlab chiqarish quvvatlari eskirgani, energiya xarajatlari yuqoriligi va raqobatbardoshlik pastligi qayd etildi. Masalan, azotli o‘g‘itlar tannarxining 55 foizi...