Prada guruhi Versace brendini $1,51 mlrd evaziga sotib oldi. Prada vakili bitim yakunlanganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda CNN.
Bitim joriy yilning 10-avgust kuni imzolangan edi. Biroq AQShning savdo siyosati va Prada oilasining oxirgi ruxsatini olish kabi noaniqliklar sababli muzokaralar cho‘zilib ketgan.
Prada egalarining o‘g‘li Lorenzo Bertelli noyabr oyida Reuters agentligiga bergan intervyusida integratsiya jarayoni tugagandan so‘ng Versace’ning ijrochi raisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prada bu brendni sotib olishga bir necha yillardan beri qiziqib kelgan.
Uzoq davom etgan muzokaralar jarayonida AQShning savdo siyosati va Prada oilasining oxirgi ruxsatini olish kabi noaniqliklarga qaramay bitim amalga...