Dekabrdagi dam olish kunlari e’lon qilindi, Islombek Ismoilov «Neftchi» klubi bosh murabbiyi bo’ldi, Samsung Galaxy Z TriFold 12-dekabrdan sotuvga chiqadi — Kursiv Uzbekistan tomonidan 2-dekabrning muhim hodisalari jamlandi.
2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlari 50 foizga qisqartiriladi
Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda ekologik barqarorlik, chiqindilarni qayta ishlash va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Bunda maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 933 million dollarlik loyihalar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida boshlangan. 2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.
Aqtau shahridagi Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni chegaradan o‘tish bo‘yicha ogohlantirdi
O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligi O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya yo‘nalishida...