Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jizzax viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Shavkat Mirziyoyev unga kelgusi yilda viloyatga $4,5 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish, eksport hajmini $500 mlnga yetkazish, 175 ming aholini ish bilan ta’minlash va 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha qat’iy ishlash vazifasini belgilab bergan.
Mustafoyev 1968-yil 14-avgustda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jalik institutini «Moliya va kredit» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shundan so‘ng bank sohasida mehnat faoliyatini boshlagan.
2010-yilda Mustafoyev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U mazkur lavozimda 2016-yilgacha ishlab, bank...