Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyida O‘zbekiston aholisi qo‘shimcha bir kun dam oladi. Konstitutsiya kuni munosabati bilan aholiga rasmiy dam olish kuni beriladi.
Shuningdek, 31-dekabr ish kuni qisqartiriladi. Bu kunda xodimlar odatdagi ish vaqtidan bir soat oldin ishdan ketish huquqiga ega bo‘ladil.
Mehnat tartibiga qarab ish kunlari soni quyidagicha belgilanadi:
besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 22 ish kuni va 9 dam olish kuni mavjud bo‘ladi; olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa 26 ish kuni va 5 dam olish kuni ko‘zda tutilgan.Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan mutolaachilarga Yangi yil uchun ovqatlar, salatlar va dasturxon...