Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirish va tadbirkorlar uchun davlat xizmatlarini soddalashtirish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston 2030-yilga qadar eksport hajmini $45 mlrdga yetkazishni maqsad qilgan. Buning uchun an’anaviy bozorlarga cheklanmay, yuqori marjali yangi bozorlarga chiqish zarur. Tahlillar natijasida qurilish materiallari, yengil sanoat, elektrotexnika, oziq-ovqat, maishiy kimyo, mashinasozlik va metallarga oid yo‘nalishlarda eksportni oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
Taqdimotda istiqbolli bozorlar bilan imtiyozli savdoni yo‘lga qo‘yish, savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va chegara o‘tkazish punktlari infratuzilmasini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mutasaddilar mahsulotlarimizning tashqi bozorlardagi o‘rni, talab yuqori tovarlar, xorijiy sheriklar bilan hamkorlik va...