Geely Xingyuan elektromobili Sujou shahridagi sanoat hududida yong‘inga uchradi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Hodisa 23-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, avtomobil birdaniga alangaga o‘ralib, kichik portlash sodir bo‘lgan.
Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan. Hozircha sabab aniqlanmagan, ammo dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu batareyadan emas, balki salon ichidagi elektr zaryadi yoki yonuvchi buyumlar sababli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xingyuan modeli xavfsizligi bilan mashhur bo‘lgan Aegis Short Blade LFP batareyasidan foydalanadi.
Geely Xingyuan 2024-yilda taqdim etilgan ixcham xetchbek bo‘lib, bu yilning eng ko‘p sotilgan avtomobiliga aylandi — yanvar – sentabr oylarida 343 mingdan ortiq dona sotilgan. Uning boshlang‘ich narxi 68 800 yuan...