O‘zbekistonda korporativ obligatsiyalar bozorining o‘sishi uchun REPO operatsiyalarini to‘liq ishga tushirish zarur. Bu tizim kompaniyalar va investorlarga qimmatli qog‘ozlardan moliyalashtirish manbai sifatida foydalanish imkonini beradi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston kapital bozori» VII Cbonds xalqaro konferensiyasida Respublika fond birjasi (RFB) boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Paresishvilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida REPO operatsiyalari faol qo‘llanilmoqda, chunki Markaziy bank tijorat banklariga likvidlik berish uchun davlat obligatsiyalarini qabul qilmoqda. Lekin korporativ obligatsiyalar segmentida bu mexanizm deyarli mavjud emas. «REPO bitimlari barmoq bilan sanagulik», — dedi u.
RFB rahbari ta’kidlashicha, faol...