Hukumat qarori bilan O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bunday korxonalar moliyaviy holatiga qarab «past xatarli», «o‘rta xatarli» va «yuqori xatarli» toifalarga bo‘linadi.
Past xavfli korxonalar yangi qarz olishda hech qanday cheklovsiz harakat qiladi; o‘rta xavfli korxonalar yangi qarz miqdori mavjud qarzlarining 5 foizidan yoki $20 milliondan oshmasa, Komissiyani xabardor qilib qarz oladi; yuqori xavfli korxonalar esa yangi qarz miqdori mavjud qarzlarining 1 foizidan yoki $5 milliondan oshmasa, Komissiyani xabardor qiladi.Agar yirik qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashsa, Muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Bunga...