Bu yil o‘zbekistonlik yo‘lovchilar orasida o‘tgan yilga nisbatan biznes-klass chiptalarini bron qilish 36 foizga ko‘paygan. Bu haqda Aviasales.uz «Kursiv» nashriga xabar berdi.
Unga ko‘ra, har bir parvoz uchun o‘rtacha to‘lov 11,7 million so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 9 foizga yuqori.
Eng ko‘p talab yuqori qulaylikni ta’minlovchi yo‘nalishlarga bo‘lmoqda. Ulardan, ayniqsa, Dubay yo‘nalishi ajralib turadi. Bu yo‘nalishdagi chipta narxi 35 foizga ko‘tarilgan.
Shuningdek, Seul va Istanbul yo‘nalishlarida ham sezilarli narx o‘sishi kuzatilgan. Faqatgina Moskva yo‘nalishida chipta narxi 2 foizga kamaygan.
So‘nggi uch yilda qayd etilgan eng qimmat parvozlar esa uzoq masofali va nufuzli yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelmoqda. 2023-yilda...