O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda China Gold, China Coal Resources, China Datang Corporation, Tianjin Rail Transit Group, Poly Changda, Tianjin Urban Construction, Jinchuan Group, China Synfuels, ST Wonderful, Mizuda, World Agriculture, Dongzhu Ecology va boshqa kompaniyalar ishtirok etdi.
Davlat rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi yuksak ekanini ta’kidladi. O‘tgan yilning o‘zida ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyalar hajmi $10 milliarddan oshgan. Shuningdek, uchrashuvlarda energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyo, zargarlik sanoati, jamoat transporti va turizm kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama...