2025-yil 18-iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan «Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga muvofiq, kuryer – tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida belgilanadi.
Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar yoki yetkazib berish xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilish huquqiga ega. Bunda nazorat-kassa texnikasidan foydalanish va to‘lov haqida elektron yoki qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etish majburiy hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlar...