Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning yangi hisobotiga ko‘ra, 2030-yilga kelib dunyo davlatlarining qarzi yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 100 foizidan oshib ketishi mumkin.
Bu ko‘rsatkich Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori daraja bo‘lishi taxmin qilinmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Unga ko‘ra, qarzlarni qaytarish xarajatlarining oshishi, mudofaa sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar ko‘payishi hamda aholi qarishi davlat byudjetlariga katta bosim o‘tkazmoqda.
Jamg‘arma bayonotida qayd etilishicha, yuqori defitsit va qarz darajasi, shuningdek, soliq daromadlariga nisbatan xarajatlarning ortishi davlat qarzining yanada o‘sishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy tizim uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, 2029-yilga borib global qarz YaIMning...