Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati ishtirokchilari uchun mukofot pullarini oshirdi. Turnirga yo‘llanma olgan har bir terma jamoa o‘z ishtiroki uchun eng kamida $12,5 mln kafolatlangan pulga ega bo‘ladi.
Tayyorgarlik va ishtirok xarajatlarini qoplash maqsadida jamoalar uchun ajratiladigan subsidiyalar miqdori qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, tayyorgarlik uchun beriladigan mablag‘ $1,5 mlndan $2,5 mlngacha, yo‘llanma uchun to‘lov esa $9 mlndan $10 mlngacha ko‘tarildi.
Qatnashuvchi delegatsiyalarning yashash hamda logistika xarajatlari uchun alohida mablag‘lar, shuningdek, ishtirokchilarga jami $16 mln qiymatidagi chipta kvotalari taqdim etilishi belgilangan. 48 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqada davlatlar guruhdagi natijasidan qat’iy nazar...