So‘nggi paytlarda fuqarolar tomonidan temir yo‘l poyezdlarining belgilangan jadvaldan kechikishi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi mahalliy yo‘nalishlarda kechikishlar yuzasidan yo‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish choralarini belgilamoqda.
Unga ko‘ra, 2025-yil davomida qo‘mitaga ushbu masala bo‘yicha 51 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, fuqarolardan biri Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishidagi «Sharq» poyezdlari muntazam 40 daqiqadan 1 soatgacha kechikayotganini va chiptalarda poyezd kelish vaqti to‘g‘ri ko‘rsatilmaganini bildirgan. Bu holat yo‘lovchilarning shaxsiy ish rejalariga hamda ularni kutib oluvchi shaxslarning rejalari bilan ziddiyatga olib kelmoqda.
Normativ hujjatlar o‘rganilganda, mahalliy yo‘nalishlarda poyezd kechikishi holatida yo‘lovchilarga pul kompensatsiya to‘lash tartibi ilgari belgilangan...