Nissan Murano krossoverlarining 2003-yildan 2024-yilgacha ishlab chiqarilgan dastlabki uchta avlodida uzluksiz o‘zgaruvchan transmissiya (CVT) bilan bog‘liq jiddiy va qimmat nosozliklar qayd etilgan. Bu haqda CarBuzz nashri xabar bermoqda.
Dastlabki (2003 – 2008) va ikkinchi avlod (2009 – 2014) modellarida avtomobilning harakat vaqtida silkinishi, uzatmaning sirpanishi hamda joyidan qo‘zg‘alishdagi uzilishlar kabi holatlar ko‘p bora kuzatilgan. Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, ayniqsa 2004 va 2009-yillarda ishlab chiqarilgan nusxalar eng nosoz variantlar hisoblanadi.
Uchinchi avlod (2015 – 2024) vizual jihatdan katta o‘sishga erishgan bo‘lsa-da, xususan, 2015-yilgi modellarda transmissiya shikoyatlari yuqori darajada saqlanib qolgan. Qayd etilishicha, ushbu nosozlikni ta’mirlash imkonsiz bo‘lib, butun transmissiyani almashtirish o‘rtacha...