OpenAI kompaniyasi Sora video yaratish vositasini ishga tushganidan 6 oy o‘tib yopdi. Techcrunch yozishicha, qaror kutilmagan bo‘lib, bozorni hayratda qoldirgan.
Dastlab loyiha katta qiziqish uyg‘otgan edi. Foydalanuvchilar soni 1 mlngacha yetdi. Biroq keyinchalik bu ko‘rsatkich 500 mingdan pastga tushib ketgandi.
Asosiy muammo yuqori xarajatlar bo‘lgan. Sora ishlashi uchun kuniga taxminan $1 mln sarflangan. Video generatsiyasi katta hisoblash quvvatini talab etgan. Har bir foydalanuvchi kompaniya resurslarini sezilarli darajada band qilgan. Bu esa loyiha samaradorligini pasaytirgan.
Qaror Sem Altman tomonidan qabul qilingan. U resurslarni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirishni ma’qul ko‘rgan. Yopilish hamkorlarga ham kutilmagan bo‘ldi. Xususan, The Walt Disney Company bu haqda...