Nio kompaniyasining Onvo sub-brendi yangi Nio Onvo L80 elektromobilini taqdim etdi. Model Xitoy bozorida oldindan buyurtma uchun ochildi, deb xabar bermoqda CarNewsChina.
Modelning narxi 245,8 ming yuan ($35,6 ming)dan boshlanadi. BaaS tizimi bilan esa narx 159,8 ming yuan ($23,2 ming)ni tashkil qiladi. Yangi avtomobil 15-may kuni rasman sotuvga chiqadi. Test haydovlari esa 1-maydan boshlanishi rejalashtirilgan.
Onvo L80 dizayni zamonaviy va kuchli ko‘rinishga ega. Model oltita rangda taqdim etiladi. Salon esa yuqori darajadagi materiallar bilan bezatilgan bo‘lib, unda 17,2 dyuymli markaziy ekran va to‘rtta displeyli tizim mavjud.
Avtomobil ikki qator o‘rindiqqa ega bo‘lib, asosiy e’tibor keng yukxona va qulaylikka qaratilgan...