So‘nggi sakkiz yilda Farg‘ona vodiysi yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) $7,9 milliarddan $19,8 milliardga yetdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Shu bilan birga, real o‘sish 60 foizni tashkil etib, o‘rtacha iqtisodiy ko‘rsatkichdan 56 foizga oshdi.
Vodiyning O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17,2 foizga yetdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaHM 37 foizga oshgan. 2020 – 2024-yillarda daromadlar 68 foizga ko‘payib, $1,8 mingdan $3 mingga yetgan.
Bundan tashqari, xizmatlar, sanoat va qurilish sohalari ulushi oshgan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi esa 30 foizga o‘sdi. Hudud eksporti $2,7 milliardga yetib...