Tailand va Kambodja o‘zaro chegara hududidagi bir necha kunlik to‘qnashuvlardan so‘ng «zudlik bilan va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish» bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Kelishuv mahalliy vaqt bilan yarim tunda (Toshkent vaqti bilan soat 01:00) kuchga kiradi.
Bu haqda o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralariga vositachilik qilgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ma’lum qildi. Muzokaralar Kualalumpur yaqinidagi bosh vazir qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Unda Kambodja Bosh vaziri Hun Manet va Tailandning vaqtincha bosh vaziri Phumtam Vechayachay ishtirok etdi.
Har ikki tomon oxirgi qurolli to‘qnashuvlar uchun bir-birini ayblab kelayotgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi bir necha kunlik ziddiyatlar natijasida kamida...