Xitoyda yangilangan Zeekr 001 elektromobili sotuvga chiqdi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» nashri xabar bermoqda.
Savdolar boshlanganidan so‘ng bir necha kun ichida 10 mingdan ortiq buyurtma qabul qilingan. Modelning narxi 270 ming yuandan ($37 ming) boshlanadi. Dastlabki xaridorlar allaqachon avtomobillarini qabul qilib olishni boshlagan.
Yangilangan model orqa yurituvli versiya 503 ot kuchiga, to‘liq yurituvchisi esa 925 ot kuchiga ega. 0 dan 100 km/soatgacha tezlashish atigi 2,83 soniya davom etadi, maksimal tezlik esa 280 km/soatga yetadi.
Avtomobil bir quvvatda 640 dan 810 km gacha yo‘l bosadi. Bu ko‘rsatkich Zeekr 001’ni Tesla va Porsche elektromobillariga raqobatchi darajaga olib chiqmoqda.
Shuningdek, mashina...