Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘lim jazosini qayta joriy etish bo‘yicha muhokamalarga izoh berdi. Unga ko‘ra, bu masalada yakuniy qarorni xalq referendum orqali qabul qilishi mumkin.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozov ma’lum qilishicha, Japarov bu tashabbusni 17 yoshli Oysuluv Mukashevaning shafqatsizlarcha o‘ldirilishi ortidan ko‘tarilgan jamoatchilik talabidan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatlagan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, voyaga yetmaganlar va ayollarga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda, oddiy qamoq jazosi esa jinoyatchilarni to‘xtata olmayapti. Shu sababli u o‘lim jazosi jinoyatlar sonini kamaytirishi mumkinligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Japarov korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bu jazo doirasiga kiritilmasligini ham aytdi. Gap faqat qotillik va pedofiliya...