Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi budjet segmentiga mansub simsiz quloqchinlari — Redmi Buds 8 modelini e’lon qildi. Qurilma 22-aprel kuni Xitoyda K90 Max smartfoni bilan birga rasman taqdim etilishi kutilmoqda.
Yangi modelning asosiy jihati — 50 dB gacha faol shovqinni bostirish (ANC) texnologiyasiga ega ekani. Bu ko‘rsatkich Redmi Buds 8 Pro modelidagi 55 dB darajadan biroz past bo‘lsa-da, kompaniya quloqchinlar keng chastota diapazonida, ya’ni 4 kGs gacha samarali ishlashini ta’kidlamoqda. Bu esa murakkab sharoitlarda ham tovush sifatini saqlab qolishga yordam beradi.
Redmi Buds 8 11 millimetrlik dinamik drayver bilan jihozlangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, yuqori sifatli va tiniq ovoz taqdim...