Dam olish kunlari Yevropa milliy chempionatlarida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Angliyada chempionlik uchun kurashayotgan «Arsenal» o‘z maydonida kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, Ispaniya va Italiya grandlari raqiblari darvozasiga javobsiz to‘plar kiritib, yirik hisobdagi g‘alabalarni nishonlashdi.
APL: «Emirates»dagi triller va mezbonlarning qoqilishi
Angliya Premyer-ligasining markaziy uchrashuvlaridan birida «Arsenal» va «Manchester Yunayted» to‘qnash keldi. Shimoliy Londonda kechgan dramatik bahs «to‘pchilar»ning joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz uy seriyasiga yakun yasadi.
Uchrashuv mezbonlar uchun omadli boshlanib, Lisandro Martines bosim ostida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Biroq keyinchalik o‘yin ssenariysi keskin o‘zgardi. Martin Zubimendining qo‘pol xatosidan so‘ng Brayan Mbeumo hisobni tenglashtirishga erishdi. Tanaffusdan so‘ng...