Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligiga topshirilgan hujjatlarda yangi Haval modelining xususiyatlarini oshkor qildi. Ma’lum bo‘lishicha, model Haval Raptor V7 Plus deb nomlangan.
Avtomobil Hi4 gibrid tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 1,5 litrli turbomotor (115 kVt) va 150 kVt quvvatga ega elektromotor umumiy hisobda 330 kVt quvvat ishlab chiqaradi.
Uch xil akkumulyator varianti taklif etiladi: 18,74 kVt·soat (80 km), 27,54 kVt·soat (112 km) va 35,43 kVt·soat (150 km), ya’ni vazirlik standartiga ko‘ra.
Dizayni 2026-yilgi Raptor PHEV modeliga o‘xshash: oltita qora aksentli radiator panjarasi, kvadrat faralar, an’anaviy eshik tutqichlari va vertikal orqa chiroqlar. O‘lchamlari: uzunligi 4792 mm (zapas g‘ildirak bilan...