Geely kompaniyasi Geely Monjaro krossoverining yangi boshlang‘ich komplektatsiyasini taqdim etdi. Luxury deb nomlangan ushbu versiya Rossiya bozorida sotuvga chiqarildi, deb yozmoqda Tarantas News nashri.
Yangi komplektatsiya standart jihozlar bilan ta’minlangan. Avtomobil 19 dyuymli yangi dizayndagi g‘ildirak disklari, uch zonali iqlim nazorati, haydovchi o‘rindig‘ining ventilyatsiyasi hamda sakkiz karnayli audio tizim bilan jihozlangan. Shuningdek, haydovchiga yordam beruvchi bir qator xavfsizlik tizimlari ham mavjud.
Krossoverda to‘liq LED faralar va panoramali tom saqlab qolingan. Salon qora ekoteri va zamsh bilan bezatilgan bo‘lib, ichki makonda atmosfera yoritqichi ham mavjud. Haydovchi o‘rindig‘i xotira funksiyasiga ega bo‘lib, elektr orqali bir necha yo‘nalishda sozlanadi.
Qulaylik uchun avtomobilga...