Tesla bosh direktori Ilon Maskning $1 trlnlik maosh rejasi aksiyadorlar va bir qator shtat rasmiylari tomonidan keskin tanqid qilindi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Ular noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda bu rejaga qarshi ovoz berishga chaqirmoqda.
SOC Investment Group, Nevada, Nyu-Meksiko va Konnektikut shtatlari g‘aznachilari ham bu tashabbusga qarshi chiqdi. Ular, shuningdek, Tesla direktorlaridan ayrimlarini qayta saylashni ham qo‘llab-quvvatlamaslikni so‘rashdi.
Tanqidchilar kompaniya kengashini Maskni saqlab qolish uchun «ortiqcha harakat qilishda» ayblamoqda. Ularning fikricha, bu yondashuv muhim maqsadlar bajarilishini kechiktirdi va Tesla moliyaviy hamda operatsion ko‘rsatkichlarida pasayish kuzatilmoqda.
Tesla rekord choraklik yetkazib berish natijalarini e’lon qilgan bo‘lsa-da, AQShdagi elektromobil...