Apple flagman smartfoni – iPhone 17 taqdimoti 2025-yil sentabr oyining ikkinchi haftasiga belgilanishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder va Bloomberg jurnalisti Mark Gurman ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple odatda yangi iPhone’larni AQShdagi Mehnat bayramidan (Labor Day) keyingi haftada taqdim etadi. 2025-yilda mazkur bayram 1-sentabrga to‘g‘ri keladi, demak, taqdimot haftasi 8 – 12-sentabr oralig‘ida bo‘ladi.
Gurman Apple kompaniyasi odatda tadbirlarni juma kunlari o‘tkazmasligini, shuningdek, 11-sentabr sanasidan qochishini eslatdi. Shu sababli, eng ehtimoliy sana sifatida 9-sentabr (seshanba) yoki 10-sentabr (chorshanba) ko‘rilmoqda.
So‘nggi o‘n yillikdagi Apple tadbirlariga nazar solinsa, ularning ko‘pchiligi aynan shu kunlarda bo‘lib o‘tgan. Jumladan, o‘tgan o‘nta iPhone taqdimotining...