Tyumenda ishlagan uch nafar o‘zbekistonlikning ish haqi undirib berildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Rossiyaning Tyumen viloyatida vaqtincha ishlayotgan uch nafar o‘zbekistonlik ishchilarning oylik maoshi to‘lab berilmayotgani aniqlangan. Ular ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilib, yordam so‘ragan.
Diplomatlar korxona rahbari bilan muzokara olib borib, ikki ishchining pasportlari qaytarib berilishiga va ularning ikki oylik ish haqi to‘lanishiga erishdi.
Avvalroq Rossiyada migrantlarga ijtimoiy nafaqalarni bekor qilish taklif etilgani haqida xabar berilgandi. Bu haqda Liberal-demokratik partiya (LDPR) raisi, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy Telegram kanalida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, partiya rahbariyati...