Angliya Premyer-ligasining 6-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Oʻz maydonida «Brayton»ni qabul qilgan «Chelsi» 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Birinchi boʻlimda 1:0 hisobida oldinda borayotgan londonliklar ikkinchi boʻlimda bir kishi kam boʻlib qoldi va uch bor oʻz darvozasidan toʻp olib chiqishga majbur boʻldi.
APL. 6-tur
«Chelsi» — «Brayton» 1:3
Gollar: Enso 24 — Uelbek 77, 90+10 (dubl), de Keyper 90+2.
Chelsi — Sanches, Jeyms, Chaloba, Xato (Badiashil, 79), Kukurelya, Santos (Achempong, 54), Kaysedo, Estevao (Gyusto, 64), Enso, Netu (Laviya, 79), Pedro.
Brayton — Verbryuggen, Veltman (Viffer, 55), van Xeke, Dank, Kadioglu, Baleba (Gruda, 68), Ayari, Minte, Gomes (Simas...