Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi liftlarga firibgarlar tomonidan QR-kodli yorliqlar yopishtirib ketilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi barcha liftlar ro‘yxatga olinib, ularning texnik holati bazasi shakllantirilgan. Aholi liftning ishlash holati haqida to‘liq xabardor bo‘lishi uchun kabinalarga QR-kodli yorliqlar qo‘mita xodimlari tomonidan yopishtirilmoqda. Bu kod orqali qo‘mitaning rasmiy saytiga kirib, lift haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. Bu hech qanday firibgarlik emas, balki foydalanuvchilar xavfsizligi uchun xizmat qiladi.
Hukumat qarorlariga binoan, liftlarning texnik ko‘rikdan o‘tganlik holati rangli stikerlar bilan belgilanadi: yashil (ishlashga yaroqli), moviy (qisman nosoz), sariq (nosoz) va qizil (foydalanish xavfli...