6-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 17-BRIKS sammitida O‘zbekiston, Qozog‘iston va yana sakkizta davlatga tashkilotning hamkor davlatlari maqomi berildi. Bu haqda sammitning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.
«Indoneziyani to‘liq a’zo sifatida, Belarus, Boliviya, Qozog‘iston, Kuba, Nigeriya, Malayziya, Tailand, Vyetnam, Uganda va O‘zbekistonni esa BRIKSning hamkor davlatlari sifatida qabul qilamiz», – deyiladi bayonotda.
Ma’lumot o‘rnida, BRIKS ilk bor 2009-yilda tashkil topgan bo‘lib, unga dastlab Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy a’zo bo‘lgan. Keyinchalik Janubiy Afrika, so‘nggi yillarda esa Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Indoneziya ham qo‘shildi.
Bugungi kunda BRIKS dunyo aholisining yarmidan ortig‘ini qamrab olgan geosiyosiy...