7–8-iyul kuni respublika bo‘ylab yangi ochilgan va bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarga 6-sinf (aniq fanlar), 7 va 8-sinflar (aniq va tabiiy fanlar) uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabar berdi.
Imtihonlar 3 smenada tashkil etilgan bo‘lib, birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchisi 12:00 da va uchinchisi 17:00 da boshlanadi.
Talabgorlar imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin, o‘zlari bilan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma olib kelishlari shart. Imtihon savollarini bajarish uchun har bir talabgorga 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
Imtihon manzili, qatnashuvchi smenasi, guruhi va o‘rni haqida ma’lumotlar 5-iyul kuni abituriyentlar tomonidan my.gov.uz...