O‘zbekiston yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikka oid uchta asosiy xalqaro konvensiyaga qo‘shildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu konvensiyalar:
Yadro avariyasi haqida erta xabardor qilish to‘g‘risidagi konvensiya; Yadro avariyasi yoki radiologik favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya; Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya.Xabarga ko‘ra, hujjatlarni topshirish marosimi Nyu-Yorkdagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) vakolatxonasida o‘tkazildi. O‘zbekiston nomidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov qatnashdi.
XAEA bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonning bu qarorini yuqori baholab, 2024-yil dekabr oyidagi Toshkentga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan konvensiyalarga qo‘shilish masalasi muhokama qilingani va ushbu qaror davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida...