Tabiiy gazdan ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytiriladi. Bu haqda prezident raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bugungi kunda respublikada 5,1 ming gektar issiqxonalar mavjud. So‘nggi yetti yilda ularda yetishtiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnagacha oshdi.
Shunga qaramay, tadbirkorlar kredit yuki, o‘g‘it narxining qimmatligi va gaz ta’minotidagi uzilishlar sabab muammolarga duch kelmoqda. Masalan, 600 gektardan ortiq issiqxonalar faoliyatini to‘xtatgan. 128 gektar maydon esa qarzdorlik sabab bank balansiga o‘tgan.
Shu boisdan issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi choralar belgilanmoqda:
Issiqlik nasoslari texnologiyasida ishlovchi issiqxonalar tashkil etgan tadbirkorlarga xarajatlarning 20 foizgacha qismi qoplab beriladi. Agar...