Kecha, 28-iyul kuni Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi axborot texnologiyalari tizimi tarixdagi eng jiddiy hujumlardan biriga uchradi. Natijada ushbu hodisa aviatashuvchiga $3 mlndan ziyodga tushdi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Kiberhujum sababi va oqibatlari
Hujum oqibatida «Aeroflot» birgina 28-iyul kuni 54 ta (borish-qaytish) reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bu reyslar Moskva, Minsk, Yerevan, Qozon, Ufa, Olmaota va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan edi. Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, aviakompaniyaning bir kunlik bevosita yo‘qotishi 250 million rubl, ya’ni $3,1 mlnni tashkil etgan. Bunga IT-infratuzilmani tiklash xarajatlari, yo‘qotilgan daromadlar va yo‘lovchilarga to‘lanadigan kompensatsiyalar kiradi.
Yuzaga kelgan muammo dastlab «IT tizimida uzilish» deb e’lon qilingan bo‘lsa-da...