9-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi harorat -8…+5°, kunduzi +2…+15° atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
9-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi harorat -8…+5°, kunduzi +2…+15° atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Germaniya prezidenti Frank‑Valter Shtaynmayer AQShning tashqi siyosatini keskin tanqid qildi va jahon tartibining barqarorligini saqlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
U so‘zlarida dunyo «o‘g‘rilar g‘origa» aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini qayd etdi, ya’ni eng manfaatparast davlatlar boshqa hududlar yoki mamlakatlarni o‘ziga qarashli deb hisoblamasligi lozim.
Shtaynmayerning fikricha, Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi va Ukrainaga to‘liq bosqin qilishi jahon tartibida burilish nuqtasi bo‘lgan bo‘lsa, AQShning qadriyat va xalqaro normalarni buzuvchi harakatlari yana bir tarixiy bo‘linishga olib kelmoqda. U global demokratiya hech qachon bo‘lmagan darajada tahdid ostida ekanligini ta’kidladi.
Germaniya rahbari jahon tartibini saqlash uchun faol choralar ko‘rilishi zarurligini...
Xitoyda Zeekr 8X avtomobilining kamuflyajsiz fotosuratlari e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Zeekr 8X o‘lchamlari 5100 × 1998 × 1780 mm, g‘ildiraklar oralig‘i esa 3069 mmni tashkil qiladi. Avtomobilning umumiy og‘irligi versiyasiga qarab 3250 dan 3370 kg gacha, o‘rnatilgan (bo‘sh) og‘irligi esa 2690 dan 2820 kg gacha o‘zgaradi. Hujjatlarda shuningdek, mashina elektr harakatlantiriluvchi yo‘laklar, tortish moslamasi, bamperda faol jalyuzilar hamda bir nechta g‘ildirak disklari variantlariga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Quvvat manbai sifatida Aurora Bay Technology Co., Ltd ishlab chiqargan 2,0 litrli turbo dvigatel ishlatiladi. Dvigatelning maksimal quvvati 279 ot kuchini tashkil qiladi. U litiy-nikel-marganets-kobalt batareyasi...
«Uzavtomotbelgi» davlat unitar korxonasida davlat raqami belgilarini ishlab chiqarish tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Shu sababli ayrim turdagi davlat raqami belgilarini tayyorlash va berish jarayoni vaqtincha cheklangan, deya ma’lum qilmoqda Avtostrada.
Unga ko‘ra, joylardagi ruxsatnoma bo‘linmalarida ayrim raqam belgilarida yetishmovchilik kuzatilmoqda. Biroq bu holat transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi. Fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmoqda, hujjatlar rasmiylashtirilmoqda va avtomobillar belgilangan tartibda ruxsatga olinmoqda.
2025-yil dekabr oyidan boshlab avtomobil egalari oddiy «bepul» davlat raqami belgisini olish imkoniyatiga ega emas. Avtomobilni faqat VIP raqam sotib olgan holda rasmiylashtirish mumkin (narxi 7 mln so‘m) yoki raqam berilishini kutib, vaqtincha raqamsiz harakatlanish zarur bo‘lmoqda. Shuningdek...
Toshkent shahridagi hokimiyat tizimida sodir etilgan noqonuniy holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan $3 ming miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, u joriy yilda Uchtepa tumani hududida buzilishi rejalashtirilgan savdo do‘konlari va boshqa obyektlar ro‘yxati tuzilayotgani vajini keltirib, tadbirkorga tegishli do‘konni mazkur ro‘yxatga kiritmaslik va buzdirilmasligini ta’minlashni va’da qilgan. Buning evaziga esa tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali masalani hal qilib berishini aytib, pul talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan bosh...
Adliya organlari o‘tkazgan tekshiruv natijasida Rose diamond xususiy korxonasiga tegishli Silk tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qilmoqda.
Mazkur holat Rose diamond xususiy korxonasi tomonidan qilingan murojaat asosida o‘rganildi. Tekshiruv davomida «S.B.» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zgalarga tegishli Silk tovar belgisidan noqonuniy foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarayotgani tasdiqlandi.
Intellektual mulk huquqini himoya qilish va yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Rose diamond sudga murojaat qildi. Sudning 2025-yil 4-dekabrdagi qaroriga asosan, «S.B.» MChJdan da’vogar foydasiga 123 mln so‘m miqdorida tovon puli undirilishi belgilandi. Shuningdek, javobgar zimmasiga 12 mln so‘m miqdoridagi sud xarajatlarini to‘lash majburiyati ham yuklatildi.
Avvalroq Kursiv...
O‘zbekistondagi litsenziyaga ega kriptobirja saytida A, KWAV, KBH, KHAI, AMF hamda Amerika prezidenti Donald Tramp sharafiga yaratilgan TRUMP kriptoaktivlari tekshirilayotgani haqida ma’lumot chiqmoqda.
Kursiv Uzbekistan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda O‘zbekistonda litsenziyalangan UZNEX kriptobirjasiga nega ushbu aktivlar tekshirilayotgani va u qachongacha davom etishi haqida so‘rov yubordi.
2025-yilda Tramp uchun uning saylovoldi jamoasi ishtirokida kriptovalyutalar ishga tushirildi.
Ular orasida OFFICIAL TRUMP (TRUMP) va OFFICIAL MELANIA (MELANIA) memekoinlari bor, ular dastlab prezident va uning rafiqasi Melaniya Tramp tomonidan shaxsiy ijtimoiy tarmoq akkauntlarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi postlar bilan targ‘ib qilingan. TRUMP 2025-yil boshida, Donald Trampning inauguratsiyasidan ikki kun oldin — 18-yanvarda — Solana...
O‘zbekiston fuqarolari uchun Shvetsiyadagi magistratura dasturlarida bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Oʻzbekiston Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Shvetsiyada nufuzli magistratura dasturlarida bepul ta’lim olish huquqiga ega mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi. Dastur ingliz tilidagi magistratura dasturlarini qamrab oladi, jumladan, davlat boshqaruvi, tibbiyot, tadbirkorlik va innovatsiyalar, STEM yo‘nalishlarida o‘qish imkoniyati mavjud.
Ariza topshirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda magistratura dasturini tanlash, ikkinchi bosqichda esa arizani universitetlar tomonidan qabul qilinadigan platforma orqali yuborish kerak. Bunda Shvetsiya instituti stipendiyasi uchun ariza topshirish — 2026-yil...
Rossiyaliklarning O‘zbekiston mehmonxonalariga yangi yildagi talabi 78 foizga oshdi. Bu haqda «Ostrovok» onlayn mehmonxona va kvartira bron qilish xizmatiga tayangan holda «Ria Novosti» xabar berdi.
Xizmat tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 26-dekabrdan 11-yanvargacha bo‘lgan davrda eng mashhur sayohat yo‘nalishlari orasida MDH davlatlari, shuningdek, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rin olgan. Eng yuqori talabga ega 10 ta mamlakat esa: Belarus Respublikasi, Tailand, Turkiya, BAA, O‘zbekiston, Gruziya, Qozog‘iston, Armaniston, Abxaziya va Xitoy.
Talabning eng katta o‘sishi Qozog‘iston, Xitoy va BAAda kuzatildi. Ushbu yo‘nalishlarda bronlar ikki baravarga yetgan. Armanistonda talab 83 foizga, O‘zbekistonda 78 foizga, Gruziyada esa 70 foizga ko‘tarildi.
Shuningdek, xizmat kompaniyasi...
Rivian Automotive kompaniyasi AQShda 19,6 mingta R1S va R1T elektromobillarini ortga qaytarib olmoqda. Bunga orqa g‘ildirakning noto‘g‘ri yig‘ilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi orqa g‘ildirak boltlarini bepul almashtirib berishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu nosozlik bilan bog‘liq faqat bitta avtohalokat va yengil jarohat holatidan xabardor ekanligini bildirgan. Ushbu muammo texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oqibatida yuzaga kelgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Rivian jami 42 mingta avtomobil ishlab chiqargan va mijozlarga yetkazib bergan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda NHTSA Rivian kompaniyasi 35 mingta elektr furgonni qaytarib olayotganini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikkilamchi bozordan...
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi 2025-yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan 1 trln 454 mlrd so‘m to‘lovlarning 90 foizi qoplanganini ma’lum qildi.
Ya’ni aholi 1 trln 304 mlrd so‘m to‘lagan. Bundan ko‘rinadiki, oldingi yillarda to‘lanmagan mablag‘larni inobatga olganda, umumiy qarz hajmi sezilarli darajada oshgan. O‘tgan yil 15,1 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lgan.
Ayni paytda ko‘rsatilgan xizmatlardan aholining debitor qarzdorligi 622,7 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Haqiqatda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan noreal debitor qarzdorliklar esa 211,9 mlrd so‘mga teng va ular elektron tizimdan chiqarilgan.
2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, sanitar tozalash sohasiga kiritilgan xususiy...
O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari 2025-yil dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, sezilarli oshib, $66,3 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank saytida rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, faqat dekabr oyining o‘zida zaxiralar $5,1 mlrdga ko‘payib, tarixiy rekord darajani qayd etdi.
Yil davomida zaxiralarning o‘sish sur’ati yuqoriligini saqladi. Xususan, sentabr oyida zaxiralar $4,9 mlrdga, oktabrda $4,3 mlrdga, noyabrda esa $1,9 mlrdga oshgan. Yil yakunlari bo‘yicha oltin-valyuta zaxiralari hajmi $25,1 mlrdga ko‘paydi, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori yillik o‘sishlardan biri hisoblanadi.
Dekabr oyida valyuta zaxiralari ham sezilarli kengaydi. Ularning hajmi $9,8 mlrddan $10,6 mlrdga yetdi. Shu bilan birga, zaxiralardagi oltinning...
Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olindi. Bu haqda «O’zbekneftgaz» matbuot kotibi xabar berdi.
Unga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov neft bazalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda neft bazalarining faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish va ishchilarga mehnat sharoitlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Alohida e’tibor qaratilgan jihat, aholiga sifatli neft mahsulotlarini yetkazib berish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganish natijasida Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari yil davomida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimlaridan ozod qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boysundagi «M-25» konida neft sizib chiqishining oldi olingandi. Surxondaryo...
Xpeng kompaniyasi tomonidan Xitoyda Xpeng P7+ 2026 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Yangi model global bozorlar, shu jumladan, Yevropa uchun ishlab chiqarilgan va 186,800 yuan ($27,7 ming) narxda oldindan sotuvga chiqarildi. P7+ ning EREV (uzoq masofaga borish uchun elektr qo‘shimcha motor) variantida 1,550 kmgacha aralash masofa taqdim etiladi.
Xpeng P7+ ning yangi modeli 104 ta yangilanishga ega. Uning tashqi ko‘rinishi biroz o‘zgargan, old panelda yangi LED chiroqlar va xrom qoplamalar mavjud. Oldingi modelga nisbatan 15 mm uzunroq bo‘lib, umumiy o‘lchamlari 5071/1937/1512 mm va g‘ildiraklar o‘qining uzunligi 3,000 mm. P7+ 20 dyuymli g‘ildiraklar bilan ta’minlangan.
Interyerda yashirin...
Google kompaniyasi Gemini Enterprise Business Edition obunasiga bir oylik bepul kirish imkonini taqdim etdi. Ushbu paket o‘z ichiga Gemini 3 Pro, video yaratish uchun Veo 3.1 va tasvirlar bilan ishlash uchun Nano Banana neyron tarmoqlarini oladi.
Tarif rejasi asosan korporativ segmentga mo‘ljallanganiga qaramay, uni istalgan foydalanuvchi rasmiylashtirishi mumkin. Google sun’iy intellekt xizmatlariga ulanish va ulardan foydalanish uchun xorijiy IP-manzil talab qilinadi, ammo bank kartasi ma’lumotlarini kiritish shart emas. Obunani faollashtirish uchun maxsus sahifada Business Edition tarifi tanlanadi.
Faollashtirishdan so‘ng foydalanuvchilar 30 kun davomida Google neyron tarmoqlarining barcha imkoniyatlaridan oshirilgan limitlar bilan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Gemini Enterprise versiyasi kompaniyalarning...
9-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 75,74 so‘mga oshib, 12 109,02 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
30-dekabr kuni dollar 31,99 so‘mga pasayib, 12 025,33 so‘m bo‘ldi. AQSh valyutasi yilni pasayish (20,92 so‘m) bilan boshlab, 5-yanvar kuni 12 004,41 so‘mga tenglashdi. 6-yanvar kuni dollar 52,17 so‘mga pasayib, 11 952,24 so‘mni tashkil etgan edi. 7-yanvar kuni 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga, 8-yanvar esa 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 78,81 so‘mga oshib, 14 139,70 so‘mni, rubl...
Noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltin xaridi bo‘yicha dunyodagi eng yirik uchta xaridor qatoridan joy oldi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotiga ko‘ra, bir oy davomida mamlakat 10 tonna oltin sotib olgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida markaziy banklar tomonidan sof oltin xaridi jami 45 tonnani tashkil etgan. Global iqtisodiy noaniqlik va inflyatsion xatarlar fonida oltin rivojlanayotgan davlatlar uchun asosiy himoya aktivlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Eng yirik xaridor Polsha Markaziy banki bo‘lib, u ketma-ket ikkinchi oy 12 tonna oltin xarid qilgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya 11 tonna bilan ikkinchi, O‘zbekiston 10 tonna bilan...
OnePlus kompaniyasi yangi OnePlus Turbo 6V smartfonining ba’zi xususiyatlarini oshkor qildi. Ushbu model Turbo 6 bilan birga taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning ajralib turadigan xususiyati 9000 mA/soatlik gigant batareya hisoblanadi.
Smartfon Snapdragon 7s Gen 4 chipi bilan jihozlanadi va 144 Hz yangilanish chastotali ekran taklif etadi. U 80 Vt tez zaryadlash va 27 Vt orqa zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa boshqa qurilmalarga zaryad berishni asosan asosiy batareyani ortiqcha yuklamasdan amalga oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, Turbo 6V modeli qayta zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa o‘yin o‘ynash paytida zaryadlanishni davom ettirish imkonini beradi, lekin batareyaga ortiqcha yuk tushirmasdan. Model harbiy sinovlardan o‘tgan...
ChatGPT’da sog‘liq masalalariga bag‘ishlangan yangi bo‘lim – ChatGPT Health ishga tushirildi. Bu haqda OpenAI kompaniyasi ma’lum qildi.
Hozircha funksiya faqat kutish ro‘yxatidagi foydalanuvchilar uchun ochiq, ammo kompaniya uni yaqin vaqt ichida barcha foydalanuvchilarga taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Yangi bo‘lim foydalanuvchilarning sog‘lig‘iga oid savollarni muhokama qilish uchun alohida va xavfsiz makon sifatida ishlab chiqilgan. OpenAI’ga ko‘ra, har hafta 230 milliondan ortiq foydalanuvchilar ChatGPT’ga tibbiy mavzularda murojaat qiladi. ChatGPT Health aynan shu ehtiyojdan kelib chiqib, sog‘liq haqidagi ma’lumotlarni ChatGPT intellekti bilan birlashtiradi.
Ushbu bo‘lim orqali foydalanuvchilar kasalliklar tarixini kuzatishi, tahlil natijalarini tushunishi yoki shifokor qabuliga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, jismoniy...
Xiaomi kompaniyasining yangi Xiaomi SU7 elektromobillari rasmiy ravishda oldindan sotuvga chiqdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
2026-yil aprel oyida sotuvga chiqishi kutilayotgan yangi SU7 modellari 229,900 yuandan ($32,8 ming) boshlanadi. Yangi SU7’ning narxlari 229,900 yuandan ($32,8ming) 309,900 yuanga ($44,3 ming) qadar o‘zgaradi. Bu eski modellarga nisbatan $1,4 ming-2 ming) qimmat bo‘lishi mumkin, ammo rasmiy narxlar taqdimotda kamayishi ham mumkin. Avvalgi zahiradagi mijozlar yangi modelga 10-yanvarga qadar o‘tish huquqiga ega bo‘lishadi, va ular o‘zlarining oldingi soliqlarini va ishlab chiqarish ustuvorliklarini saqlab qolishadi.
Yangilangan SU7 bir qator muhim o‘zgarishlarni taklif etadi. Yangi modellar endi har bir variantda LiDAR tizimi bilan...
Amerikaning Consumer Reports tashkiloti 2026-yil modelidagi eng ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi. Reyting avtomobil egalari fikrlariga asoslangan. Tadqiqotda qariyb 380 ming haydovchining so‘rovlari tahlil qilingan.
Mutaxassislar uzatmalar qutisi, elektronika, batareya, dvigatel va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarni hisobga olgan. Natijada 2026-yil modellari orasida eng ko‘p nosozlik qayd etilgan 10 ta krossover aniqlangan.
Ishonchlilik indeksi 100 balldan 28 ball. Modelning muammolari transmissiya va avtomobilni boshqarishning elektron tizimlaridagi nosozliklarni o‘z ichiga oladi. Ushbu mashinada akkumulyator batareyalarining yonishi va dvigatelning to‘satdan to‘xtashi holatlari qayd etilgan.
Ishonchlilik indeksi 100 balldan 25 ball. Dasturiy ta’minotdagi nosozlik...
U-23 Osiyo kubogida ishtirok etayotgan barcha terma jamoalarning o‘rtacha yoshi hisoblab chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Yaponiya olimpiya terma jamoalari musobaqaning eng yosh ishtirokchilari ekani qayd etildi.
Ro‘yxatga ko‘ra Yaponiya olimpiyachilarining o‘rtacha yili 2005,65 ni tashkil etgan. O‘zbekistonlik futbolchilar esa 2005,52 ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda. Shuningdek, keyingi pog‘onalarda Avstraliya (2004,52), Iordaniya(2004,52) va Eron (2004,43) jamoalari o‘rin olgan.
Musobaqaga eng yoshi katta tarkib bilan tashrif buyurganlar orasida Vyetnam (2003,87), Suriya (2003,83) va O‘zbekiston terma jamoasi bilan «C» guruhida joy olgan Livan terma jamoasi bor. Eslatib o‘tamiz, turnir doirasida 10-yanvar kuni O‘zbekiston va Eron terma jamoalari to‘qnash keladi.
Avvalroq kursiv Uzbekistan...
2021–2025-yillar davomida xorijiy til bo‘yicha xalqaro imtihonlardan 70 foizdan yuqori natija qayd etgan 56,4 ming nafar yoshga jami 111 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kompensatsiya qilib berildi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarda keltirilgan.
Joriy yil uchun ajratilgan mablag‘lar Xalq banki orqali to‘liq moliyalashtirilgani qayd etildi.
Hududlar kesimida eng katta mablag‘ Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, bu yerda 19,1 ming nafar yoshga qariyb 39 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Shuningdek, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham minglab yoshlar xalqaro sertifikatlar asosida kompensatsiya olishga muvaffaq bo‘lgan. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
Imtihon turlari bo‘yicha eng katta ulush...
BMTning Comtrade platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi uch davlat Rossiyadan shokolad import qiluvchi eng yirik o‘nta mamlakat qatoriga kirdi.
Qozog‘iston, Belarus va O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida Rossiya shokoladining eng yirik xaridorlariga aylandi. «Agroexport» mahsulot eksportini rivojlantirish federal markazining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan sentabrgacha Qozog‘iston kompaniyalari $192 millionlik mahsulot import qilgan, Belarus Rossiyadan $123 millionlik va O‘zbekiston $68 milliondan ortiq qiymatdagi shokolad sotib olgan.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda mos ravishda Ozarbayjon ($48 million) va Armaniston ($28,5 million), undan keyin Qirg‘iziston ($26,1 million), Gruziya ($19,5 million) va Xitoy ($14,4 million) joylashgan.
Moldova ($7,7 million) va Serbiya ($6,8 million) ham kuchli...