Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorge Jesus matbuot anjumanida o‘zi haqidagi sakkiz banddan iborat kelishilgan bayonotni o‘qib berishi kerak bo‘lganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu bayonotda Jesus Ronalduni Pele va Diego Maradona darajasidagi futbolchi sifatida ta’riflashi kerak edi. Bu haqda u o‘zining Insatgram sahifasida yozib qoldirdi.
«Pele yoki Maradona darajasidagi futbolchi»
Ronalduning aytishicha, Jorge Jesus Norvegiyaga qarshi o‘yinda uni ikkinchi bo‘limga tushirish uchun qizdirib, keyin maydonga tushirmagani xato bo‘lganini tan olishi kerak edi.
Kelishilgan bayonotda Jesus Ronalduni «Pele yoki Maradona darajasidagi futbolchi» deb ta’riflashi va bunday futbolchini zaxiradan maydonga tushirish uchun qizdirib, keyin...