Onix va Tracker avtomobillarining gaz taqsimlash mexanizmida zanjir o‘rniga tasma qo‘llanilishi haydovchilar orasida ko‘plab savollar tug‘dirgan. «O‘zavtosanoat» AJ videoda ushbu yechimning sabablari va tasma bilan zanjir o‘rtasidagi asosiy farqlarni tushuntirdi.
Zanjir uzoq xizmat qiladi, ammo kamchiliklari ham bor
Ko‘pchilik GTM tizimida zanjirni ishonchliroq deb hisoblaydi. Metall zanjir odatda uzoq muddat xizmat qilishga mo‘ljallangan va tasma materialiga xos tabiiy eskirish jarayoni unga kamroq ta’sir qiladi.
Biroq zanjirli mexanizm og‘irroq va konstruksiyasi murakkabroq bo‘ladi. Bundan tashqari, u dvigatel ishlayotgan vaqtda ko‘proq shovqin va mexanik qarshilik hosil qilishi mumkin.
Tasma esa yengilroq bo‘lib, ishqalanishdagi yo‘qotishlari kamroq. Bu esa zamonaviy dvigatellarda umumiy...