Amerikaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi General Motors (GM) 2025-yilning ikkinchi choragida global miqyosda 1,5 mln dona avtomobil sotganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya hisobotlarida ma’lum qildi.
Shu davr mobaynida kompaniyaning umumiy daromadi $47,1 milliardni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga kam. Biroq yilning dastlabki yarmi bo‘yicha daromad 91,1 milliard dollar atrofida saqlanib qoldi. Bu 2024-yilga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz.
GM’ning sof foydasi ikkinchi chorakda 34 foizga kamaydi va $1,9 milliardni tashkil etdi. Kompaniya bunga asosiy sabab sifatida Tramp ma’muriyatining import bojlarini oshirish siyosatini ko‘rsatmoqda. Aynan ushbu tariflar kompaniyaning foizlar va soliqlardan oldingi foydasini $1,1 milliardga qisqartirgan...