Dollar 82,22 so‘mga tushdi, «Istanbul Bashakshehir»ga yangi murabbiy keldi, bugun «Nasaf» va «Al Ahli» o‘yini, prezidentning pedagoglar bilan muloqotidagi asosiy xabarlar — Kursiv Uzbekistan 15-sentabrning eng muhim yangiliklarini bir joyga jamladi.
O‘zbekiston Hindiston bilan savdoda Chobahor portidan foydalanishi mumkin
Tehronda Hindiston, Eron va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari darajasida ilk uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ekstremizm va terrorizmga qarshi hamkorlikni kuchaytirish hamda O‘zbekistonning Hindiston bilan savdoda Chobahor portidan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yilning ikkinchi choragida eng ko‘p qaysi smartfonlar xarid qilingan
Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, yilning ikkinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfon yana hamon Apple’ning...