Navoiy shahridagi «Qizilqum» professional futbol klubining «U-19» jamoasi bosh murabbiyi tomonidan sodir etilgan noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bosh murabbiy o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, Nurota tumanida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan o‘smirdan asosiy tarkibga qabul qilinish evaziga 20 mln so‘m talab qilgan. O‘yinchi va uning oilasi murabbiyning bu harakatidan xabardor bo‘lgan, ammo rahbarning qarori va klub komissiyasi orqali rasmiy saralash jarayoni o‘tkazilishi kerakligini lozim deb bilgan.
Bosh murabbiy talab qilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat...