Forbes nashri dunyoning eng boy insonlar ro‘yxatini yangiladi. 2026-yilda dunyoning eng boy odami yana Ilon Mask bo‘ldi.
Maskning boyligi $839 mlrdga yetgan. Uning asosiy aktivlari Tesla va SpaceX kompaniyalari hisoblanadi. So‘nggi bir yil ichida uning boyligi $497 mlrdga oshgan. Ikkinchi o‘rinni Google asoschisi Larri Peyj egalladi. Uning boyligi $257 mlrdga baholanmoqda.
Uchinchi o‘rinda yana bir Google asoschisi Sergey Brin joylashdi. Uning boyligi $237 mlrdni tashkil etdi. To‘rtinchi o‘ringa Amazon asoschisi Jeff Bezos tushdi. Uning boyligi $224 mlrdga teng.
Reyting:
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda dunyoda rekord darajada – 3,4 ming nafar milliarder qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yildagiga nisbatan...