Infinix Smart 10 Plus smartfoni taqdim etdildi. U $82 dan sotiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Smart 10 Plus kamera modulining juda noodatiy dizayniga ega. Umuman olganda, Infinixning o‘zi allaqachon shunga o‘xshash dizayndan foydalangan. Smartfonning narxi $100 dan kam ekanligini hisobga olsak, sotib olish uchun qulay variant bo‘lishi mumkin.
Yangi budjet smartfonning bazaviy versiyasi $82 ga baholangan. U 4/128 GB xotira, Unisoc T7250 chipi, 6,67 dyuymli HD+ 120 Gts ekran, 5000 mA·soat sig‘imli akkumulyator va 15 Vt quvvatlanish bilan jihozlangan. Shuningdek, 8 MP kamera, 187 g og‘irlik va IP64 darajadagi suvga chidamlilikka ega. 8/128 GB versiyasi esa $94 turadi.
Ma’lumot o‘rnida...