2025-yilning kuzida sotib olishga arziydigan 5 ta ixcham planshet. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, eng yaxshi ixcham planshetlarni bir maqolaga to‘pladi.
Samsung Galaxy Tab A9
Samsung’ning eng ommabop seriyasidan bo‘lgan Tab A9 ixchamligi va qulayligi bilan ajralib turadi. 8,7 dyuymli TFT HD ekranga ega bo‘lib, MediaTek Helio G99 protsessori bilan jihozlangan. 5100 mA/soat batareyasi 14 soat davomida video ko‘rish imkonini beradi. MicroSD sloti, 3,5 mm minijack va stereo dinamiklari ham mavjud. Arzon, biroq ishonchli variant.
Honor Pad X7 (2025)
Honor yangi Pad X7 modeli bilan o‘zini yana ko‘rsatdi. 8,7 dyuymli 90 Hz IPS ekran, Snapdragon 680 chipi va...