13-iyun kuni mamlakatimizning katta qismida havo harorati kunduzi 34-40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
13-iyun kuni mamlakatimizning katta qismida havo harorati kunduzi 34-40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
12-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Haj ziyoratini ado etgan ilk yurtdoshlarimiz tantanali kutib olindi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi HY-5304 reysi bilan 245 nafar ziyoratchi Vatanga qaytdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da poytaxtga qo‘ndi.
Aeroportda ularni yaqinlari va qarindoshlari iliq kutib oldi. Viloyatlardan kelgan ziyoratchilar esa zal oldida maxsus avtobuslarga o‘tqazilib, tegishli manzillariga jo‘natildi.
Joriy yil 12 – 30-iyun kunlari davomida Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 62 ta reys amalga oshiriladi. Bu orqali 15 150 nafar yurtdoshimiz Haj safaridan yurtga qaytadi.
Eslatib...
Ilon Mask Texas shtatining Ostin shahrida Tesla’ning birinchi robotaksi xizmatini ishga tushirishini e’lon qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Tesla sun’iy intellekt asosida ishlaydigan haydovchisiz avtomobillar xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu loyiha kompaniyaning kelajagi uchun juda muhim, chunki Tesla hozir moliyaviy muammolarga duch kelmoqda: 2024-yilda daromadi 53 foizga kamaydi va savdolar ham birinchi marta pasaydi.
Mask robotaksilarni eng yirik moliyaviy imkoniyat deb ko‘radi. U Tesla’ning avtopilot tizimi kameralarga asoslangan, radar va lidar kabi murakkab datchiklar ishlatilmaydi. Mask bunday datchiklarni qimmat va keraksiz deb hisoblaydi, biroq mutaxassislar lidar yordamida odam va to‘siqlarni aniqroq aniqlash mumkinligini ta’kidlamoqda.
Bu orada raqobatchilar...
Boks olamidagi muhim jang – Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue o‘rtasidagi bahs 2025-yil 14-sentabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Bu jang super-bantam vazn (122 funt yoki 55,34 kg) toifasidagi mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun o‘tkaziladi.
Murodjon Ahmadaliyev – O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli bokschilaridan biri. U 1994-yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori hisoblanadi. Ahmadaliyev 2020-yilda atigi sakkizinchi jangida WBA (Super) va IBF kamarlarini qo‘lga kiritib, tarixga kirgan. U kuchli zarbalari, tajovuzkor uslubi va chidamliligi bilan tanilgan. Professional faoliyatida 12 dan ortiq g‘alabaga (jumladan, bir nechta nokautlar bilan) ega va faqat bitta...
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Boeing’ning Yevrosiyo bo‘yicha tijorat savdolari direktori Mario Antonio Ebchim O‘zbekistonning e-tijorat salohiyati ortib borayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, mamlakatda chakana savdodagi onlayn savdo ulushi 2023-yilda 3 – 5% ni tashkil etgan bo‘lsa-da, 2027-yilga kelib bu ko‘rsatkich 9 – 11% gacha o‘sishi kutilmoqda. Bu esa yuk havo transportiga ehtiyojni keskin oshiradi.
Ebchim O‘zbekistonning logistik salohiyatiga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha elektron tijorat savdosi 2026-yilga borib $8 trillionga yetadi, bu esa jadal rivojlanayotgan mintaqalar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
«Biz Markaziy Osiyo uchun yillik 33 foizlik o‘sishni kutmoqdamiz. O‘zbekistonda esa e-tijorat ulushi 2027-yilgacha 10% dan...
Andijon va Xorazm viloyatlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini noqonuniy tarzda savdoga qo‘ygan savdo nuqtalari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, departamentning Baliqchi tumani bo‘limi, IIB va Soliq inspeksiyasi ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Gulshan mahallasidagi oziq-ovqat do‘konida fuqaro 2 dona alkogolli ichimlikni sotgan vaqtida qo‘lga olingan. Do‘kondan 1 997 dona hujjatsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Urganch tumanidagi MChJga qarashli do‘konda 1 052 dona qalbaki aksiz markali spirtli ichimliklar savdoga qo‘yilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan Toshkent...
AQSh prezidenti Donald Tramp $5 mln evaziga doimiy yashash huquqini beruvchi «Trump Card», ya’ni «oltin karta» dasturini rasman ishga tushirdi. Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, boy arizachilar AQShda yashash, ishlash va keyinchalik fuqarolik olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tramp bu tashabbusni 12-iyun kuni e’lon qilib, maxsus TrumpCard.gov sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishni taklif qildi. Ariza beruvchilardan ism, hudud va elektron pochta so‘raladi.
Ushbu karta ilgari amal qilgan EB-5 investitsiya vizasining o‘rnini bosishi mumkin. Trampning aytishicha, yangi rezidentlar soliq to‘laydi, ish o‘rinlari yaratadi va AQSh iqtisodiyotiga foyda keltiradi.
Hozircha ushbu karta uchun boshqa talablar e’lon qilinmagan, biroq...
Rossiya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga tayangan holda TASS xabar berdi.
Ushbu tashabbus Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida ma’lum qilingan.
«Rossiya tomoni 2025 – 2034-yillarda kafolatli xarid qilish rejalashtirilgan, lokalizatsiya qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari ro‘yxatini tayyorlamoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning «BioVitrum» kompaniyasi O‘zbekistonda parafin ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, omborxona va ilmiy tadqiqot markazi qurilishi imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan barcha farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari QQS to‘lovchisiga aylanishi haqida xabar bergan edi.
Samsung One UI 8 interfeysining barqaror versiyasi 2025-yil yozida chiqishini rasman tasdiqlandi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Garchi aniq sana hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, yangi versiya Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 buklanadigan smartfonlari bilan birinchi bo‘lib taqdim etilishi kutilmoqda. Ular iyul oyida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.
Yangilanishni oladigan Samsung qurilmalari:
One UI...
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Afg‘oniston sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim hamda 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy va sanoat sohalarida hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ushbu hujjatlar IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF – 2025) doirasida imzolandi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi barqaror o‘sib bormoqda. 2025-yil may holatiga ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi $504,5 mlnga yetgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi elektr uzatish liniyasi qurilishi muhokama qilingani haqida xabar bergan edi.
O‘zbekistonning Irlandiyadagi elchisi Ravshan Usmanov Irlandiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Ralf Viktoriga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.
Diplomatlarning uchrashuvi Dublinda bo‘lib o‘tdi. G‘alaba elchi bilan ikki davlat o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Usmonov 2023-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasini ham boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi etib tayinlangani haqida yozgan edi.
Bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar qildi.
Bugun, 12-iyun kuni Jeneva shahrida Xalqaro mehnat konferensiyasining 113-sessiyasi doirasida Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan maxsus tadbir tashkil etildi.
Dunyoning 187 mamlakatidan kelgan ishtirokchilar qatnashgan ushbu anjumanda O‘zbekiston tomonidan bolalar mehnati va majburiy mehnatni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar ilgari surildi va ilg‘or tajriba sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning bolalar mehnatini yo‘q qilish borasida ko‘rilgan qat’iy choralar, xalqaro normalar asosida qonunchilikni yangilash va huquqiy javobgarlikni kuchaytirish borasidagi ishlari haqida ma’lumot berildi.
Konferensiya ishtirokchilari...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahrida yuz bergan fojiaviy aviahalokat munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari halokat oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi. Shuningdek, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilab qoldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Eron portidagi portlash munosabati bilan ta’ziya yoʻllagani haqida yozgandi.
Xalq demokratik partiyasi (XDP) Vazirlar Mahkamasining avtomobil tashish xizmatlariga litsenziyalarni taqdim etish transport vositasining hududiy kodiga qarab berilishi haqidagi qarorini konstitutsiyaga zid deb topib, uni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi.
«Toshkent shahrida yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanishga oid joriy qilingan cheklov keng jamoatchilik tomonidan turli fikr va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Unga ko‘ra, endilikda har bir haydovchi o‘z hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.
Ammo bu tartib O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilangan talabga zid kelmoqda.
Konstitutsiyamizga muvofiq, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy...
BYD’ning yangi oilaviy avtomobili taqdim etiladi, hozirda uning nomi rasman e’lon qilingan. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.
BYD kompaniyasining off-road yo‘nalishidagi Fang Cheng Bao (FCB) brendi o‘zining navbatdagi SUV modeliga rasman FCB Ti7 nomini berdi. Bu model oilaviy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkam yo‘ltanlamas modellari Bao 5 va Bao 8 orasida joylashgan.
FCB – BYD tomonidan 2023-yilda ishga tushirilgan off-roadga (yo‘ltanlamas model) yo‘naltirilgan avtomobil brendi. Hozirgi model qatori quyidagilardan iborat:
Bao 5 (Leopard 5), Bao 8 (Leopard 8), Ti3 (Tai 3, Titanium 3).2025-yil yanvardan may oyigacha, Xitoyda 41 709 dona FCB...
iTicket.uz chipta operatorining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Jennifer Lopez konserti uchun sotilgan chiptalarning 40 foizini dunyoning 35 mamlakatning fuqarolari xarid qilgan. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qo‘mitaga ko‘ra, biletlar asosan Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikistondan, shuningdek, uzoq xorij davlatlaridan, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya, Kanada va Saudiya Arabistoni fuqarolari tomonidan sotib olingan.
Konsertga tashrif buyurgan sayyohlar odatda mamlakatda bir necha kun qolishadi, bu esa kichik va o‘rta biznes uchun, ayniqsa, mehmondo‘stlik va turizm sohasida ko‘paytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, deydi qo‘mita.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jennifer Lopez konserti uchun chiptalar sotuvga chiqqani haqida...
Eron harbiylari Isroilga yuzlab ballistik raketalar bilan zarba berish rejasini ishlab chiqdi. Hujum Isroilning Tehronning yadroviy inshootlariga bergan zarbasiga javob bo‘lishi mumkin, deb yozadi The New York Times (NYT).
Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy harbiylar har qanday o‘zgarishlarga tayyor ekanini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy kelishuv istiqbollari haqida gapirar ekan, Eron va Isroil o‘rtasidagi taranglik kuchayganini qayd etdi.
Keyinroq Oq uy rahbari hozir muzokaralar istiqboliga kamroq optimistik qarashini aytdi. Kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Isroil armiyasi AQSh ko‘magisiz ham Eron yadroviy inshootlariga hujum qilishga tayyorligi ma’lum qilgan.
Tanglik kuchayib borayotgan bir paytda amerikalik harbiylar...
O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurish loyihasi doirasida ikkita yirik va ikkita kichik quvvatli reaktorli stansiyalar qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar berdi.
«Bu yil ikki davlat rahbarlari loyihani kengaytirish borasida kelishuvga erishdi», – deyiladi rasmiy bayonotda.
Yirik AES qurilishining aniq muddatlari hali ochiqlanmadi. Biroq «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachevning aytishicha, kichik AES uchun beton quyish ishlari 2026-yilga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, dastlab 2024-yil bahorida imzolangan loyiha har biri 55 MVt quvvatga ega oltita kichik reaktor qurilishini ko‘zda tutgandi. Qurilish ishlari shu yil yozda boshlanishi, foydalanishga topshirilishi esa 2029 – 2033-yillarga belgilangan.
Bu «Rosatom»ning...
O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 12-iyun kuni dollar kursi 59,23 so‘mga oshib, 12 705,79 so‘m etib belgilandi.
Oldingi kurs (11-iyun): 12 646,56 so‘m; Yangi kurs (12-iyun): 12 705,79; O‘zgarish: +59,23 so‘m.Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 243,07 so‘mga oshib, 14 704,41 so‘mni, rubl esa 1,68 so‘mga tushib, 159,20 so‘mni tashkil qildi.
«Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 12-iyun kuni dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
«Universalbank» – 12 705 so‘m; «Hamkorbank» – 12 670 so‘m. «Kapitalbank» – 12 640 so‘m;Banklardan sotib olish (UZS – USD):
«Madad bank» – 12 690 so‘m; «Ziraat...Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevning aytishicha, ishidan ayrilgan, oliygohdan chetlatilgan, daktiloskopiyadan o‘tmagan hamda rus tilini o‘rganmayotgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozim. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Irina Volkga tayangan holda TASS ma’lum qildi.
Kolokolsev hujjatlarni rasmiylashtirish markazlarida migrantlar to‘planishining oldini olish, ularni o‘z vaqtida qabul qilishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan.
«Medialarda paydo bo‘layotgan navbatlar aks etgan surat va videolar migrantlarni qabul qilish jarayonidagi muammolarni yaqqol ko‘rsatmoqda», – deydi vazir.
Bundan tashqari, 2026-yildan boshlab migrantlar uchun imtihonlar kompyuter texnologiyalari yordamida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Aleksey Nechayev boshchiligidagi «Yangi odamlar» fraksiyasi deputatlari esa davlat dumasiga...
UzAuto Motors Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, kompaniya bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi.
Kovach vengriyalik bo‘lib, Budapesht Texnika universitetida avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.
U General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi yirik kompaniyalarda yuqori lavozimlarda ishlagan va avtomobil sanoatida ko‘p yillik rahbarlik tajribasiga ega.
2021-yildan beri UzAuto Motors AJ Kuzatuv kengashi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida ham faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shu yilning yanvar oyida Odiljon Bastamqulovich Bastamqulov «UzAuto Motors» AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Avvalroq «Kursiv» Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi etib tayinlangani haqida yozgandi.
Xiaomi Mijia 271L Three-Door Refrigerator modelini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Bu muzlatkich ixchamlik, katta sig‘im va aqlli funksiyalarni o‘zida birlashtirgan.
Asosiy xususiyatlar:
Hajm – 271 litr, joy egallashi esa atigi 0,33 m² (kenglik 56 sm, chuqurlik 60 sm) 3 ta zona: Sovutish kamerasi – 151 l Muzlatish kamerasi – 85 l Harorat sozlanadigan zona – 35 l (-20°C dan +5°C gacha, 1°C qadam bilan)Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan:
Antibakterial va dezodoratsiya moduli 360° havo aylanish tizimi – muz hosil bo‘lmasligi kafolatlanadi Invertorli kompressor va ventilyator 5 ta harorat sensori bilan aniq boshqaruvShovqin darajasi...
Android foydalanuvchilarining ko‘p qismi iOS’ga o‘tishni xohlamaydi. Android Authority nashri o‘tkazgan so‘rov natijalari ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Lifehacker nashri.
So‘rovda 13 ming kishi qatnashgan. Ularning faqat 15 foizi kelajakda iOS’ga o‘tishni o‘ylab ko‘rishini aytgan. Yana 5 foizi allaqachon iPhone foydalanuvchisiga aylangan. Biroq eng ko‘p javob berganlar, deyarli 80 foiz Android’da qolishni tanlagan.
Ularning fikricha, Android tizimi ancha moslashuvchan va erkin. Foydalanuvchilar fayllarni erkin boshqarish, ilovalarni qulay tartibga solish, o‘ziga xos sozlashlar kiritish imkoniyatlarini iOS’da topa olmaydi.
Texnik bilimga ega foydalanuvchilar iOS’dan norozi. Ular Android’da torrent dasturlari, boshqa brauzerlar va tarmoq analizatorlarini ishlata olishadi. Bu esa ular uchun muhim.
Dunyodagi eng ko‘p sotilgan minivenlardan biri – Toyota Sienta endi to‘liq yashash mumkin bo‘lgan kemper versiyada ham taqdim etiladi. Bu haqda daily-motor nashri ma’lum qildi.
Yaponiyaning «YURT» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan individual loyihaning shu qadar ommalashganidan so‘ng Toyota o‘zi ham bu g‘oyani rasmiy ravishda ishlab chiqarishga qaror qildi.
Yapon matbuoti xabarlariga ko‘ra, yangi zavod versiyasi 2023-yilda taqdim etilgan Juno kontsept-kar asosida yaratiladi. U oddiy Sienta’dan farqli o‘laroq ichki makonda to‘liq sayohatga moslashtirilgan va kemperga xos imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Asosiy yangiliklar:
Old o‘rindiqlar saqlanadi, orqa qismi esa sayohatchilar uchun moslab o‘zgartiriladi. Divan, karavot yoki dam olish zonasi sifatida ishlatiladigan qattiq...