Huawei va Aito hamkorligida ishlab chiqilgan yangi Huawei Aito M7 2025-yil 5-sentabrdan oldindan buyurtmaga ochiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Rasmiy taqdimot 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Yangi model tashqi va ichki dizayni yangilangan bo‘lib, Huawei’ning ADS 4 aqlli boshqaruv tizimi va avtomobil sanoatida ilk bor qo‘llanilayotgan ichki LiDAR tizimi — Limera bilan jihozlanadi.
Yangi Aito M7 old qismida yopiq panjara dizayniga, yon tomonlarda esa shamol qarshiligini kamaytiruvchi yarim yashirin eshik tutqichlariga ega. O‘lchamlari 5080×1999×1780 mm. G‘ildirak bazasi esa 3030 mmni tashkil etadi. Salon markazida 16,1 dyuymli boshqaruv ekrani joylashgan. Haydovchi o‘rindig‘i «nol-gravitatsiya» shaklida ishlab chiqilgan. Orqa o‘rindiqlar uchun ko‘ngilochar...