Toyota Motor kompaniyasi AQSh bozorida yangilangan Corolla Hatchback 2026 modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.
Bu avtomobilning barcha komplektatsiyalari endilikda Toyota Safety Sense 3.0 xavfsizlik tizimlari majmuasi bilan ta’minlangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi yangi model orqali hamyonbop narxda yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni taklif qilmoqda. Narxlar $24 180 dan boshlanadi.
Corolla Hatchback 2026 uch xil komplektatsiyada taqdim etildi: SE, XSE va maxsus FX Edition. Tashqi dizaynda katta o‘zgarishlar kuzatilmagan, biroq XSE versiyasi old bamperiga LED tuman chiroqlari va 16 dan 18 dyuymgacha bo‘lgan yangi disklar bilan boyitilgan. FX Edition esa qora rangli orqa spoyler va 18 dyuymli...