Qo‘qon shahrida «Hizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkilotiga aloqador yashirin guruh a’zolari Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy tashkilotchi – ilgari ham ushbu tashkilot a’zosi bo‘lib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘tagan shaxs bo‘lib, u 1965 – 1971 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar fuqaro bilan birga noqonuniy guruh tuzgan. Ular 2024–2025-yillarda Qo‘qondagi choyxona va oshxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazib, ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan.
Guruh a’zolari «Hizb ut-Tahrir»ga tegishli materiallarni «Telegram»dagi yopiq kanallar orqali muntazam o‘rganib borishgan.
Ayni paytda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 159, 244¹ va...