Bugun, 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha license.gov.uz axborot tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli, ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlari bo‘yicha tizim tomonidan noto‘g‘ri ijobiy xulosalar shakllantirilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur holat texnik xatolik bo‘lib, hozirda uning sabablari tegishli idoralar bilan hamkorlikda chuqur o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, vazirlik quyidagi ta’lim tashkilotlariga yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, ta’lim shakllari va faoliyat manzillari bo‘yicha qabul jarayonlarini tashkil etish uchun hech qanday ruxsat berilmaganini ta’kidladi:
«University of business and science» MChJ — masofaviy ta’lim shakllariga; «Osiyo xalqaro universiteti...